Dzanolo "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, futbolchi Turin klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.
22 yoshli yarim himoyachi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolanadi. Bu holatda uning maoshi mavsum uchun 4 million evroni tashkil qiladi.
"Yuventus" futbolchining bir yillik ijarasi uchun 10 million to'lashga tayyor. Shuningdek, Turin klubi kelasi yozda Dzanoloni 30-35 millionga sotib olish variantini berishga tayyor.
Italiyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Roma" safida 42 o'yinda 8 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi. Yarim himoyachining Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221