"Real Sosedad" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

"Real Sosedad" "Selta" yarim himoyachisi Brais Mendes bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi, deb xabar beradi basklar klubi rasmiy sayti.
Yarim himoyachi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt xabariga ko'ra, "Real Sosedad" uning uchun 15 million evro to'lagan.
Futbolchi 5 yil davomida “Selta”ning asosiy jamoasi safida 166 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan. Ispaniya terma jamoasi tarkibida 25 yoshli yarim himoyachi 4ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan.
O'tgan mavsumda u Vigo klubi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164