"Bavariya" De Ligt uchun taklifini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Bavariya" "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt uchun 75 million evro taklif qildi, deb yozadi jurnalist Alfredo Pedulla Twitter sahifasida.
Manbaga ko'ra, Turin klubi 22 yoshli niderlandiyalik uchun bonus sifatida yana besh million olishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Yuventus” himoyachining transferi uchun kafolatlangan summa 80 million evro bo'lishini talab qilmoqda.
De Ligt o'tgan mavsumda turinliklar safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194