Mertensning agenti frantsuz klubi bilan muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Napoli" hujumchisi Dris Mertensga "Marsel" qiziqish bildirmoqda. 35 yoshli belgiyalik futbolchining agenti frantsuz klubi bilan muzokaralar olib bordi, deb xabar beradi TMW.
Oldinroq vinger vakillari o'z xizmatlarini bir qancha klublarga, jumladan "Roma"ga ham taklif qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Mertens o'tgan mavsumda "Napoli" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hujumchining neapolliklar klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161