Paolo Maldinining o'g'li bilan A Seriyaning ikki klubi shartnoma tuzmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Milan" yarim himoyachisi Daniele Maldiga "Verona" va "Spetsiya" klublari tomonidan qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato. Har ikki klub ham mavsum oralig'ida futbolchini sotib olmoqchi.
20 yoshli Maldini “rossonerilar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Xabar qilinishicha, "Verona" allaqachon Daniel uchun taklif yuborgan va uning otasi, "Milan"ning texnik direktori buni qiziqarli variant sifatida ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200