"Milan" Jiru bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Milan" klubi hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar beradi Footmercato. Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Yangi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qilishi mumkin. 35 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsumda yakuniga etadi.
Jiru o'tgan yozda "Chelsi"dan "Milan"ga o'tgan edi. 2021/22 yilgi mavsumda frantsiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Milan" tarkibida u o'tgan mavsumda Italiya chempioniga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197