Simeone Dibalani Madridga chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Hujumchi Paulo Dibala "Inter" bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti. Ammo futbolchining boshqa varianti bor - Ispaniyaning "Atletiko"si, deb xabar beradi La Republicca.
"Inter" tarkibidagi keraksiz o'yinchilar bilan xayrlasha olmagani sababli Dibalaning moliyaviy talablarini qondirish imkoni bo'lmayapti.
Dibala bosh murabbiy Diego Simeone tomonidan "Atletiko"ga chaqirilgan.
Paulo "Yuventus"da 2015 yilning iyulidan beri to'p tepib kelayotgan edi. Jamoa tarkibida 5 marta Italiya chempioni bo'lgan, shuningdek, 3 marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
Shartnoma yakunlangach, 28 yoshli argentinalik futbolchi erkin agentga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202