"Manchester Yunayted" Antoni uchun 60 milliondan kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Manchester Yunayted" braziliyalik vinger Antoni uchun "Ayaks"ga taklif bilan chiqdi, deya xabar beradi Goal jurnalisti Jeyms Robson.
Qayd etilishicha, mankunianliklar 60 million evro taklif qilgan. Bu summa hali ham "Ayaks"ning transfer so'raganidan kamroq. Niderlandiya klubi 80 million evro so'ramoqda.
Tomonlar o'tgan mavsum oxiridan buyon kelishuvga erishishga harakat qilishdi. Amsterdam klubi futbolchini yana 1 yil o'z safida qoldirishni rejalashtirmoqda.
22 yoshli braziliyalik o'tgan mavsumda "Ayaks" tarkibida 33 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urgan va 10 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142