Pogba bilan barchasi shu hafta hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Yarim himoyachi Pol Pogba shu haftada "Yuventus" bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. 29 yoshli frantsiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng kelishuv rasman e'lon qilinadi.
Pogba 2012 yil avgustidan 2016 yil avgustigacha “Yuventus”da o'ynagan, shundan so'ng “Manchester Yunayted”ga o'tgan. Frantsiyalik futbolchi ingliz klubini erkin agent sifatida tark etadi.
Oldinroq 29 yoshli futbolchi turinliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Uning maoshi bonuslarni hisobga olmaganda mavsumiga 8 million evroni tashkil qiladi.
Pogba o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 27 o'yinda 1 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
143