"Bavariya" De Ligtga qancha maosh to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Bavariya"ning "Yuventus"ning niderlandiyalik himoyachisi Matteys De Ligt bilan imzolashi mumkin bo'lgan shartnomaning ba'zi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, myunxenliklar himoyachiga mavsum uchun 12 million evro to'lashga tayyor. Avvalroq tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
De Ligtga "Chelsi" ham da'vogarlik qilmoqda. "Yuventus" futbolchini sotishdan 90-100 million evro ishlab olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147