Bernardeski "Toronto"dan 4 yillik shartnoma taklifini oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Yarim himoyachi Federiko Bernardeski "Toronto"dan taklif oldi. MLS klubi 28 yoshli italiyalik bilan 4 yillik shartnoma tuzishga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Bernardeski "Yuventus"da 2017 yilning iyulidan beri harakat qilayotgan edi, futbolchi 30 iyun kuni Turin klubini tekinga tark etgan.
O'tgan mavsumda u 35 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, Kanada klubi Italiya terma jamoasida to'p surgan yana ikki futbolchi - himoyachi Domeniko Krishito va hujumchi Lorentso Insine bilan shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145