Rasman! "Borussiya D" o'z tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

“Ayaks” hujumchisi Sebastyan Aller 6 iyul kuni rasman Dortmundning “Borussiya” klubiga o'tdi. “Asalarilar” sayti xabariga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Oldinroq nemis klubi bonuslar bilan birga 35 million evro taklif qilgani xabar qilingandi. Shu tariqa Aller "Borussiya" tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.
Hujumchi o'tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 42 o'yinda maydonga tushib, 34 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi. U 2021 yilning yanvaridan buyon Amsterdam jamoasida harakat qilayotgan edi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154