"Barselona" Gavi bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Iqtidorli yarim himoyachi Gavi keyingi mavsumlarda ham "Barselona"da o'ynashda davom etadi. Ma'lumotni Kataloniya klubi sport direktori Mateu Alemani tasdiqladi.
"Gavi 100 foiz "Barselona"da o'ynashda davom etadi. Bizda kelishuv bor”, — deya Alemanining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fabritsio Romano.
Gavining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
17 yoshli Gavi "Barselona"ning asosiy tarkibida 46 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Yarim himoyachining hisobida ikkita gol va oltita golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
143