Laporta: "De Yongni sotmaymiz!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Manchester Yunayted" faol qiziqish bildirayotgan yarim himoyachi Frenki de Yong bilan xayrlashmoqchi emasligini aytdi.
“Frenki de Yong “Barselona” futbolchisi. Biz uni sotmoqchi emasmiz, bu bizning hozirgi nuqtai nazarimiz. Bilamizki, bizda De Yong bo'yicha takliflar bor, lekin biz uni sotmoqchi emasmiz”, - dedi Laporta matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Frenki de Yong uchun 80 million evrodan ko'proq pul talab qilmoqda. Klub moliyaviy muammolarini hal qilish uchun futbolchini sotishga majbur.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145