"Chelsi" AQShlik darvozabonni o'z safiga qaytish olish fikridan qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Londonning "Chelsi" klubi "Chikago Fayr" darvozaboni Gabriel Sloninani o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Evening Standard nashrining xabariga ko'ra, "ko'klar" yosh amerikalik darvozabon uchun 10 million evro ajratishga shoshilmayapti.
Shu tariqa, Slonina avvalroq qiziqish bildirgan "Real" yoki "Vulverxempton"da paydo bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, klubning sobiq texnik direktori Petr Chex amerikalik darvozabonning "Chelsi"ga o'tishi haqida gapirgan edi.
Slonina Qo'shma Shtatlardagi eng istiqbolli darvozabonlardan biri hisoblanadi. U Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida jamoasining asosiy darvozaboni bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222