«Spartak» O'runovning transferi masalasida RPL klublari bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69

«Spartak» klubi rahbariyati yarim himoyachi Oston O'runovning transferi borasida Rossiya premer-ligasining bir nechta klublari bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Metaratings.ru xabar tarqatdi.
Moskvaliklar 21 yoshli futbolchini ijaraga berishni emas, to'laqonli transfer qilishni istashmoqda. Manbada aynan qaysi jamoalar o'zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumot berilmagan. Avvalroq "Ximki" va "Torpedo" klublari O'runovni o'z safida ko'rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi bir yil mavsumni O'runov «Ufa» safida o'tkazib, yozda yana o'z jamoasiga qaytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221