O'zbekistonlik sportchilar Butunjahon sport o'yinlarida qatnashish uchun AQShga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Joriy yilning 7-17 iyul kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarining Birmengem shahrida navbatdagi Butunjahon sport o'yinlari musobaqasi bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada dunyoning 110 mamlakatidan 3 ming 600 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Butunjahon sport o'yinlari musobaqasi har 4 yilda o'tkazilib, dasturning aksariyat qismi noolimpiya sport turlaridan tashkil topgan kompleks musobaqalar hisoblanadi. Ta'kidlash lozim 2021 yilda o'tkazilishi lozim bo'lgan ushbu musobaqa epidemiologik vaziyat sababli bir yilga kechiktirilgan edi.
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning kuchli sportchilari qatorida o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishgan.
Bu galgi Butunjahon sport o'yinlarida karate bo'yicha jahon chempioni Doston Otabolaev, badiiy gimnastika bo'yicha nufuzli musobaqalar g'olibasi Ekaterina Fetisova, u-shu sport turida Darya Latisheva, jiu-jitsu bo'yicha jahon chempioni Bahromjon Masharipov, muay-tayda chempionlikka erishgan Fanat Qahramonov yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Musobaqalar dasturiga binoan o'zbekistonlik sportchilar 8-9 iyul kunlari karate, 12-13 iyul kunlari gimnastika, 13 iyul kuni u-shu, 15 iyulda jiu-jitsu va 15-17 kunlari muay-tay bo'yicha bahslarda ishtirok etadilar.
Musobaqalar 17 iyulga qadar davom etadi.

Bosh sahifaga
225