«PSJ» prezidenti: «Murabbiy yonimda o'tirgan bo'lsa ham mendan Zidan haqida so'rashingiz kulguli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

«PSJ» prezidenti Nosir al-Helayfiy Kristof Galte parijliklar bosh murabbiyi bo'lish uchun doim asosiy nomzod bo'lganini ta'kidladi.
Maurisio Pochettino iste'foga chiqarilib, uning o'rniga 55 yoshli mutaxassis olib kelindi.
"Murabbiy yonimda o'tirgan bo'lsa ham mendan Zizu haqida so'rashingiz kulguli. Oxirgi intervyuda aytib o'tganimdek, biz Zidan bilan hech qachon gaplashmaganmiz. Uni futbolchi sifatida, murabbiy sifatida hurmat qilaman, biroq u bilan hech qahon muzokara olib bormaganmiz. Kristof Galte biz yangi murabbiy izlashni boshlagan kunimizdan buyon doim asosiy nomzod bo'lib kelgan.
U shu erda va men bundan faxrlanaman. Bu mavzu haqida eng oxirgi savol berildi deb umid qilaman", — dedi Nosir al-Helayfiy.
Avvalroq Zidan «PSJ» taklifini rad etgani xabar qilingandi. Parijliklar Kristof Galteni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Galte parijliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Bosh sahifaga
221