Jorjino "Chelsi"da qoladimi? Agenti javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joau Santos mijozining kelajagi haqida gapirdi.
“Bizning ustuvor vazifamiz “Chelsi” bilan yangi shartnoma imzolash. Hozirda u 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
O'ylaymanki, biz joriy yilning sentyabr oyidan uzaytirish masalasini muhokama qilishni boshlaymiz", - deya agentning so'zlaridan iqtibos keltirgan GOAL.
30 yoshli italiyalik o'tgan mavsumda londonliklar safida 47 o'yinda 9 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
Mish-mishlarga ko'ra, futbolchiga "Yuventus" faol qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187