"Chelsi"ni yana bir futbolchi tark etishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Marokashlik vinger Hakim Ziesh joriy transfer oynasida "Chelsi"ni tark etishga qaror qildi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchi Italiya A Seriyasiga, aniqrog'i, "Milan"ga o'tishni o'ylamoqda.
Ziesh "rossonerlar" rahbariyatini o'z xohishi haqida allaqachon ma'lum qilgan. Italiya chempioni ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va endi “ko'klar” bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Hakimning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. 2021/2022 yilgi mavsumda marokashlik futbolchi barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204