Belottiga uchta klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Italiya terma jamoasi hujumchisi, endilikda erkin agent hisoblangan Andrea Belottiga bir vaqtning o'zida bir nechta Evropa klublari qiziqish bildirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Monako" 28 yoshli italiyalik futbolchi uchun asosiy da'vogar sanaladi, hujumchi u bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. "Roma" va "Nitstsa" klublari ham Andreaga da'vogarlik qilmoqda. Bu ikki klub monegaskliklarning Belotti bilan shartnoma imzolashiga yo'l qo'ymaslikka harakat qiladi.
So'nggi etti yil davomida hujumchi o'z vatanida “Torino” safida to'p surdi. 2021/2022 yilgi mavsum yakunida hujumchining klub bilan shartnomasi yakuniga etdi va u erkin agent sifatida jamoani tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200