"Bavariya" Gnabri bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65

Serj Gnabri bilan muzokaralardagi qiyinchiliklarga qaramay, "Bavariya" kelishuv imzolanishiga ishonmoqda.
Myunxenliklar imkon qadar tezroq 26 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Muhokamalarning navbatdagi bosqichi yaqin orada bo'lib o'tishi mumkin. Jurnalist Kristian Falkning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" rahbarlari Gnabri bilan shartnoma imzolanishiga ishonishadi.
Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Nemis nashrlarining yozishicha, klub avvalroq Gnabriga yiliga 17-19 million evro maosh taklif qilgan, biroq bu taklif futbolchiga yoqmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167