"Chelsi" Alonso bo'yicha kelgan taklifga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Chelsi" "Barselona" himoyachisi Markos Alonsoning transferiga to'sqinlik qilmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Matbuotda kataloniyaliklar "Chelsi" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan 31 yoshli futbolchini qo'lga kiritish istagi borligi haqida bir necha bor yozgan, biroq ingliz klubi Alonsoni qo'yib yuborishni istamayapti.
Manbaga ko'ra, Markos va uning atrofidagilar klubga bosim o'tkazib, jamoani tark etish va Ispaniyaga qaytish niyatini yaqqol ko'rsatmoqda, ammo "ko'klar" qarorida qat'iy.
Alonso "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Olti yil ichida ispaniyalik futbolchi “ko'klar” safida 211 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan. U klub bilan 2017 yilda Premer-ligada, 2019 yilda Evropa Ligasida va 2021 yilda Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Bosh sahifaga
165