«Turon» bugundan Tojikistonda yig'in boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Avval xabar berganimizdek, mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida «Turon» yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlari xorij davlatida tashkil etadi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan klub vakillari Tojikiston Respublikasiga jo'nab ketdilar.
Xorij yig'iniga yo'l olgan «Turon» delegatsiyasi tarkibi:
Bosh murabbiy: Anvar Berdiev
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Vadim Barnich
Yordamchi murabbiylar: Vazgen Manasyan, Azizxon Isomiddinov.
Jamoa tarkibi:
Darvozabonlar: Akmal Tursunboev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Mirzohidjon Jalilov.
Himoyachilar: Xushnudbek Avilov, Marlen Chobanov, Asliddin Toshtemirov, Abdug'ani Kamolov, G'olibbek Sariboev, Siyovush Xabibulloev, Mirzohid Mirzamahmudov, Saidafzalxon Ahrorov, Jasurbek O'rinov.
Yarim himoyachilar: Bobur Qosimov, Sardor Telyakov, Doniyor Ismoilov, Sardor Abduraimov, Sharifbek Rahmatov, A'zamjon Aliev, Sardor Abdunabiev.
Hujumchilar: Humoyun Murtozaev, Rustamxon Azimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Azizbek Ibragimov.
Ma'mur: Nozimjon Samatov.
Klub shifokorlari: Gennadiy Cherepanov, Dilshod Ulug'bekov, Bahodir Haydarov.
Tojikiston Respublikasida tashkil etiladigan yozgi o'quv-yig'in 6-16 iyul kunlariga belgilangan. Yig'in davomida 2 ta xorij klubi bilan nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilmoqda.
«Turon» matbuot xizmati

Bosh sahifaga
153