Riberi Manening "Bavariya"ga transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Salernitana" klubining 39 yoshli frantsiyalik yarim himoyachisi, "Bavariya"dagi o'yinlari bilan tanilgan Frank Riberi Angliyaning "Liverpul" klubidan senegallik hujumchi Sadio Manening Myunxen klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Bavariya"ni Sadio Mane bilan shartnoma imzolagani bilan faqat tabriklashim mumkin. Bu Bundesliga uchun ajoyib transfer. Umidlar katta, menimcha, Sadio ularni oqlaydi.
Moslashish uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo men o'z tajribamdan bilamanki, “Bavariya” muxlislari yangi o'yinchi uchun startni juda oson qiladilar, chunki ular sizni quchoq ochib kutib olishadi”, - degan Riberi.
Eslatib o'tamiz, Sadio Mane "Bavariya" bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi, biroq OAV xabarlariga ko'ra, 30 yoshli senegallikning Germaniya chempioni lageriga transferi summasi 40 million evroni tashkil qilgan.

Bosh sahifaga
191