"Napoli" "Bavariya"ni shokka tushurib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Myunxenning "Bavariya" klubi "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Correira Dello Sport.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar rahbarlari nigeriyalikning ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. Italiya klubi futbolchini 110 million evroga baholamoqda. "Bavariya" uchun Osimxen "Barselona"ga o'tmoqchi bo'lgan polshalik hujumchi Robert Levandovskining o'rnini egallashi mumkin.
23 yoshli Osimxen o'tgan mavsumda "Napoli" safida barcha turnirlarda 32 o'yinda maydonga tushib, 18 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185