Isko "Roma"ga o'tishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Ispaniyalik yarim himoyachi Isko "Roma"ga o'tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, futbolchini shaxsan Italiya klubi bosh murabbiyi Joze Mourino ko'ndirishga harakat qilgan, biroq uni ishontirishning iloji bo'lmagan. Yarim himoyachi yo Ispaniyada qolmoqchi yoki Chempionlar ligasida o'ynaydigan klubga o'tmoqchi.
30 yoshli Isko so'nggi 9 yil davomida "Real"da to'p tepdi, biroq shartnomasi muddati tugaganidan keyin 1 iyul kuni jamoani tark etdi. Shu bois u yangi klubga tekinga o'tishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187