"Sevilya" ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga jiddiy bel bog'lagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Sevilya" Kievning "Dinamo" klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Tsigankovga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi CFC Diario.
Manbaga ko'ra, ispan klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi va u uchun 12,5 million evrolik taklif bilan chiqqan. "Dinamo" futbolchini sotishga rozi bo'lishi mumkin, chunki uning klub bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.
O'tgan mavsumda 24 yoshli Tsigankov “Dinamo” safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192