Manba: "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi "Fulxem"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Flamengo"da ijara asosida o'ynagan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra faoliyatini "Fulxem"da davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
26 yoshli braziliyalik londonliklar bilan shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldi, u uch yilga mo'ljallangan va hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish variantini o'z ichiga oladi.
"Fulxem" futbolchining transferi uchun "Manchester Yunayted"ga 10 million funt to'laydi. Yana 3 million "Yunayted" bonus sifatida olishi mumkin.
Pereyra 2021 yil avgustidan beri “Flamengo”da ijara asosida harakat qilayotgan edi. Braziliyalik futbolchi jamoasi safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186