«Legiya» Jasur Yaxshiboev bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

Polshaning «Legiya» klubi hujumchi Jasur Yaxshiboev bilan shartnomani bekor qilganini ma'lum qildi. Klub matbuot xizmat tarqatgan xabarga ko'ra, shartnoma o'zaro kelishuv asosida bekor qilingan.
Yaxshiboev 2021 yilning fevral oyida varvashaliklar bilan shartnoma imzolagandi. Ammo keyinchalik u Moldovaning "Sherif" klubiga ijaraga berildi. U yozda yana "Legiya" safiga qaytib, mashg'ulotlarda ishtirok etayotgandi. Biroq, o'zbekistonlik futbolchi bu jamoani tark etadigan bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224