Hojimat Erkinov «Torpedo»ga o'tayotganini «Paxtakor» tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

«Paxtakor» matbuot kotibi Bekzod Nazarov jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovning «Torpedo»ga o'tayotganiga izoh berib o'tdi.
«Transfer shartnomasi hali imzolanmadi. Tomonlar bu borada muzokara olib borishmoqda, ammo kelishuvga yaqin turishibdi. Transfer summasi rasmiy e'londan keyin ma'lum bo'ladi», – dedi Nazarov.
Erkinov joriy mavsumda «Paxtakor» safida 17ta o'yinda ishtirok etib, 2 gol va 3 assist muallifiga aylandi. Transfermarkt 21 yoshli futbolchining narxini 500 ming evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209