Bernardeski faoliyatini okeanortida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Federiko Bernardeski "Yuventus" bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylangan.
Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Maykl Singxning fikricha, 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi MLSda faoliyatini tugatishi mumkin.
"Toronto" Bernardeskiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, ayni damda tomonlar muzokaralar jarayonining ilg'or bosqichida.
Eslatib o'tamiz, Federiko Bernardeski "Yuventus"da besh mavsum davomida to'p tepgan. Bungacha yarim himoyachi o'zi tarbiyalanuvchisi bo'lgan "Fiorentina"da o'ynagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211