Kessie: "Barselona"ga bor kuchimni berishni istayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Milan" safini erkin agent maqomida tark etib, "Barselona" bilan shartnoma imzolagan Frank Kessie yangi jamoasi haqida gapirdi.
"Men bu ajoyib klubga bor kuchimni berishni istayman.
Bu ajoyib imkoniyat va "Barselona" ajoyib jamoa. Men bu erda ekanligimdan xursandman va men bu buyuk klub uchun qo'limdan kelganini qilishni xohlayman.
Mening kumirim Yaya Ture. Men u bilan terma jamoada o'ynash sharafiga muyassar bo'ldim va u kabi yaxshi kareraga ega bo'laman degan umiddaman", - dedi Kessie klub rasmiy sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, ivuarlik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251