"Valensiya" muxlislari - Solerga: "Barselona"ga o'tib, ahmoq bo'lma"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Ispaniyaning "Valensiya" klubi muxlislari jamoa yarim himoyachisi Karlos Solerdan "Barselona"ga o'tmasligini so'rashdi.
"Iltimos Karlos, Pako Alkaser kabi "Barselona"ga o'tma, ahmoq bo'lma!", - deyishdi muxlislar futbolchi mashg'ulotlardan qaytayotganda.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Solerning "ko'rshapalaklar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi. Transfermarkt uni 50 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248