Yaponiya terma jamoasi sardori Bundesliga klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Germaniyaning "Shalke-04" klubi tajribali himoyachi transferini e'lon qildi. Nemis klubi Yaponiya terma jamoasi sardori Maya Yoshida bilan shartnoma imzoladi. Shartnomasi bir yilga tuzildi va yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Maya Yoshida "Sautgempton"da o'ynagani bilan mashhur. Yaponiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida 154 ta o'yin o'tkazgan. So'nggi ikki yarim yil Yoshida "Sampdoriya" sharafini himoya qilgan.
O'tgan mavsum yakunida “Shalke-04” ikkinchi Bundesligada birinchi o'rinni egallab, Germaniya Bundesligasiga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253