"MYu" futbolchilari mashg'ulotlarni boshladi, Ronaldu esa ayol futbolchilar bilan suratga tushib yuribdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Portugaliya ayollar terma jamoasining bir nechta vakillari Krishtianu Ronaldu bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
Suratda "Manchester Yunayted" vakili baxtli ko'rinadi, go'yo u klub bilan kelasi mavsum masalasini hal qilib bo'lgandek.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu dushanba kuni "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi yig'iniga kelmadi. Hujumchi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish uchun klubini o'zgartirmoqchi.
Portugaliya ayollar terma jamoasi Evropa chempionati startiga hozirlik ko'rmoqda. Jamoa ilk uchrashuvni 9 iyul kuni Shveytsariya ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234