RPL klubi «Nasaf»ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

Rossiyaning «Nijniy Novgorod» klubi «Nasaf» himoyachisi Sherzod Nasrullaevga qiziqish bildirmoqda. Rossiyalik jurnalist Anar Ibragimov tarqatgan xabarga ko'ra, "ajdarlar" o'z futbolchisi uchun 250 ming dollar va futbolchining keyingi transferidan 20% ulush so'ramoqda.
Nijniy novgorodliklar esa 200 ming dollari va 15 foizlik ulush taklif qilishdi. Bu taklif «Nasaf»ni qanoatlantirmadi. Shu bois, tomonlar muzokarani vaqtinchalik to'xtatishdi.
Shuningdek, manbaga ko'ra, Nasrullaevga Turkiya chempionati jadvalining quyi qismidagi ba'zi klublar qiziqish bildishgan (jumladan, Superliga debyutanti «Umraniespor» klubi). Ammo Sherzod aprel oyida jarohat olgani uchun futbolchining Turkiyaga ko'chib o'tishi vaqtinchalik to'xtab qoldi.
«Turk klublari nomidan agentlar aloqaga chiqishgan. Muzokaralar hozirda sust kechmoqda. «Nijniy Novgorod» esa Nasrullaevga bo'lgan qiziqishni saqlab turibdi», – deya xabar tarqatdi.
Bundan tashqari, «Nijniy Novgorod» klubi «Nasaf» Husayn Norchaevga ham qiziqish bildirgan. Ma'lumotlarga qaraganda, «Nasaf» 20 yoshli futbolchi 700 ming dollar so'ramoqda, ammo bu summa rus klubini qanoatlantirmayapti», – deyiladi manbada.
Jurnalist Anar Ibragimovga ko'ra, «Nijniy Novgorod» dastlab Ibrohimxalil Yo'ldoshevni sotib, so'ngra «Nasaf»dan Sherzod Nasrullaevni sotib olishni rejalashtirgan. Hozircha 21 yoshli futbolchi borasida rasmiy takliflar yo'q. Ammo klub bunday taklif bo'lishiga albatta ishonmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Nasrullaev o'tgan mavsumda «Nasaf» safida 22ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol va 7ta assist muallifiga aylangan. Sherzod joriy mavsumda 6ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
257