"Yuventus" yangi futbolchilarini qachon tanishtirishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Turinning "Yuventus" klubi erkin agent maqomida kelishi kerak bo'lgan yarim himoyachilar Pol Pogba va Anxel di Mariyaning transferini qachon rasman e'lon qilishi ma'lum qilindi.
Italiyalik jurnalist Romeo Agresti xabariga ko'ra, "Yuventus"ning yangi futbolchilari yakshanba kuni Turin klubi bilan shartnoma imzolashi kerak. “Keksa senora” rahbariyati hammasi rejadagidek bo'lishini ta'minlash ustida ishlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan. Anxel di Mariyaga kelsak, argentinalik futbolchi faoliyati davomida Italiya A Seriyasida o'ynamagan. Yarim himoyachining so'nggi klubi Frantsiyaning "PSJ" klubi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252