"Chelsi" bir shart bilan Ronalduni o'z safiga qo'shib olish mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Chelsi"ning yangi xo'jayini Todd Boli Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan portugaliyalik futbolchining "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkinligi haqida gaplashgan.
Biroq, London klubi Ronaldu uchun jiddiy kurashni faqat shartnoma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel tomonidan tasdiqlansagina boshlaydi. Telegraph Sport nashri xabariga ko'ra, Todd Boli nemis murabbiyi ruxsat bermagan futbolchilarni klubga jalb qilmoqchi emas. Yaqin orada "Chelsi" xo'jayini Tuxel bilan Ronalduni sotib olish g'oyasini muhokama qiladi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'z vaqtida "Manchester Yunayted" safiga qaytmagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244