"Lids" yana bir xaridga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

"Lids" "Feyenoord" hujumchisi Luis Sinisterra bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi, deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
23 yoshli kolumbiyalik futbolchi allaqachon shaxsiy shartnomaga rozi bo'lgan. Angliya klubi futbolchi uchun 25 million evro va bonuslar to'laydi.
Sinisterraning "Feyenoord" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda hujumchi klubning eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Sinisterra 2022/23 yilgi mavsumda 49 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250