De Ligt "Bavariya"ga o'tishga rozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Matteys de Ligt “Bavariya”ga o'tishga rozi bo'ldi.
Qayd etilishicha, "Bavariya" va "Yuventus" o'rtasidagi muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kerak. Manbaga ko'ra, agar de Ligt "Bavariya"ga o'tmasa, muammo maoshda emas, tovon miqdorida bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" o'z futbolchisi uchun 80-90 million evro talab qilmoqda. "Bavariya" o'zining butun tarixida atigi 50 million evrodan oshiq ikkita transferni amalga oshirgan: Leroy Sane klubga 60 million, Luka Ernandes esa 80 millionga tushgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261