"PSJ" Maurisio Pochettinoning iste'fosini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

"PSJ" Maurisio Pochettino jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqanini e'lon qildi.
“Klubimiz Pochettino bilan hamkorlikni yakunlaganimizni tasdiqlaydi. Maurisio va uning murabbiylar shtabiga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz”, - deyiladi parijliklar bayonotida.
Pochettino "PSJ"ni 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda, 50 yoshli argentinalik bosh murabbiyligida jamoa Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204