"Barselona" va "Arsenal" braziliyalik yosh futbolchi uchun kurashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Barselona" va "Arsenal" klublari "Palmeyras"ning 19 yoshli futbolchisi Gabriel Veronni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Gabriel Veron Braziliyadagi eng umidli yosh qanot himoyachilaridan biri. U 2019 yilda 17 yoshida "Palmeyras"ning asosiy jamoasida o'ynay boshlagan.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" uni yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, "Arsenal", "Barselona" va boshqa bir qancha mashhur Evropa gigantlari yosh iqtidorni o'z saflariga qo'shib olishga tayyor, deya xabar tarqatmoqda Fichajes nashri.
Transfer summasi 15 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223