"Zenit" yarim himoyachisi "Napoli" yoki "Everton"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

“Zenit” yarim himoyachisi Vendel Rossiyani tark etib, faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin. Braziliyalik futbolchining agenti o'z xizmatlarini "Napoli" va "Everton"ga taklif qilgan, deya xabar beradi Koluna Dofla.
Manba bergan xabarga ko'ra, Vendel va uning oilasi Braziliyaga qaytmoqchi, futbolchiga ayni vaqtda "Flamengo"dan taklif bor. Biroq braziliyalikning agenti futbolchining Evropada o'ynashda davom etishini ta'kidlamoqda.
Qolaversa, Vendel vakiliga "Flamengo"ning muzokaralardagi munosabati yoqmadi. Shu munosabat bilan agent 24 yoshli futbolchiga faoliyatini Evropada davom ettirish variantini topishga harakat qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221