"Arsenal" Belgiyadan futbolchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Londonning “Arsenal” klubi “Bryugge” hujumchisi Sharl de Katelare uchun kurashga qo'shildi.
21 yoshli belgiyalik futbolchi bu mavsumda Evropaning bir qancha top-klublari e'tiborini tortdi. Premer-liga jamoalari qiziqish bildirishidan tashqari, futbolchini "Milan" ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta yosh futbolchining rivojlanishini muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatib, uning hujum chizig'ining istalgan joyida o'ynash qobiliyatini qayd etdi, deb xabar beradi Calciomercatoweb sayti.
Futbolchi o'tgan mavsumda Belgiya chempionatida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221