Gvardiola "Manchester Siti"dan keyin qaerda ishlashi mumkinligi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda Italiya chempionatida ishlashi mumkin. Bu haqda "shaharliklar" direktori Ferran Soriano "Palermo" klubining "Siti" guruhini sotib olishga bag'ishlangan matbuot anjumanida aytib o'tdi.
“Xosep "Palermo"da havo qanchalik iliq ekanligi bilan qiziqdi. Kelajakda shu erda ishlashini istisno qilmayman. Gvardiola Italiya futbolini yaxshi biladi", - funktsionerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com portali.
Ispaniyalik mutaxassis 2016 yilning yozidan buyon "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi. Gvardiolaning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217