"Manchester Yunayted" iyul oyida 5 ta yangi transferga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Manchester Evening News xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" iyul oyida birdaniga beshta transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Nashrning xabar berishicha, mankunianliklar shu haftada ilk yangi futbolchini tanishtirmoqchi, qolgan transferlarni esa iyul oyida, jamoaning Tailand va Avstraliya bo'ylab mavsumoldi turnesi tugaguniga qadar yakunlamoqchi.
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted"ga tekinga o'tishga og'zaki roziligini berdi. Bu haqda Britaniyaning The Athletic nashri xabar bermoqda.
Eriksen "Manchester Yunayted"da o'ynash istagini bildirdi va ular bilan 3 yillik shartnoma tuzishga tayyor. Faqat tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnomani yakunlash qoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210