"Aston Villa" hujumchisi turk klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Aston Villa" hujumchi Trezege faoliyatini "Trabzonspor"da davom ettiradi.
27 yoshli misrlik turk klubi bilan 4 yil muddatga shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, transfer summasi 4 million evroni tashkil qilgan.
Trezege o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Istanbul Basahshehir"da ijara asosida o'tkazdi. Hujumchi turk klubi safida 13 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229