Pulishich bu yozda "Chelsi"dan ketmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Yarim himoyachi Kristian Pulishich yozda "Chelsi"ni tark etish niyatida emas, deb xabar beradi Daily Mail.
Oldinroq, 23 yoshli amerikalik futbolchi "Chelsi" va "Yuventus" o'rtasida turinliklar himoyachisi Matteys de Ligtning transferi bo'yicha kelishuvga qo'shilishi mumkinligi taxmin qilingandi.
Pulishich o'tgan mavsumda “Chelsi” safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 42 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229