"Montsa" "Atalanta" bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Atalanta" yarim himoyachisi Matteo Pessina A Seriyaning yangi jamoasi o'tishga yaqin turibdi. Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, italiyalik futbolchi "Montsa"ga ijaraga beriladi.
Ijara muddati tugagach, klub 25 yoshli futbolchini 15 million evroga sotib olishi mumkin bo'ladi.
Pessinaning o'zi "Montsa" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 7 yil davomida klubning yoshlar akademiyasida o'ynagan, shundan so'ng u bir mavsumni Italiya uchinchi divizionida o'tkazgan.
2021/22 yilgi mavsumda Pessina “Atalanta” safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240